TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi hamkorlik davom etmoqda

Fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida hamkor tashkilotlarning stipendiyalarini tashkil etish bo‘yicha “O‘zAgroLizing” kompaniyasi bilan kelishuv memorandumi asosida 30-aprel kuni “KeysMash” zavodida “O‘zAgroLizing” kompaniyasi stipendiyasi fakultetning 5 nafar a’lochi va iqtidorli talabalaridan J.Bobomurodov, Sh.Ro‘ziev, I.Obidjonov, M.Masharipov va Sh.Sattorovalarga tantanali ravishda topshirildi.

Stipendiya sertifikati “O‘zAgrolizing” kompaniyasi boshqaruv raisi Otajonov Nodir Sobirovich tomonidan topshirildi. Shunindek, ushbu tadbir davomida talabalarga zavod bo‘ylab ekskursiya ham tashkillashtirildi va talabalar zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra talabalarga zavodning logotipi tushirilgan sovg‘alar tarqatildi va tushlik tashkillashtirilib berildi. 

O‘z navbatida universitet rahbariyati nomidan “O‘zAgrolizing” kompaniyasi boshqaruv raisi Otajonov Nodir Sobirovichga Tashakkurnoma topshirildi.