E'lonlar

30.04.2024

“Ziyolilar” loyihasining ikkinchi mavsumiga start berilmoqda!

Siz O‘zbekistonning “Eng kuchli top 100” talabalari ro‘yxatida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Birinchi mavsumidayoq ko‘plab yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan “Ziyolilar” loyihasining 2-mavsumi boshlanmoqda. “Ziyolilar” loyihasi “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi loyihasidir. Ushbu loyiha yil davomida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan O‘zbekistonning 100 nafar eng yaxshi talabalarini o‘zida birlashtiradi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning yosh avlodini qo‘llab-quvvatlash va o‘z maqsad va orzulariga erishishga undash maqsadida yaratilgan. Loyihada ishtirok etish orqali siz o‘zida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan O‘zbekistonning eng kuchli 100 nafar talabalaridan iborat “O‘zbekiston talabalari almanaxi”ga kirishingiz, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lishingiz mumkin.

Shunday ekan, “Ziyolilar” loyihasi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.com veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va bilim va imkoniyatlarning yangi marralarini zabt eting!