TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Oliy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasiga qo‘shma ta’lim dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasining Qorkut ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti “Elektr energetikasi, texnosfera xavfsizligi va ekologiya” kafedrasi  b.f.n. Sikhanova Nurgul  Sagindikovna 22–30 aprel kunlari 30 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tashrif buyurgan.

Tashrif doirasida unversitetimizning “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida)” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Chiqindilarni boshqarish” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi.

Ma’ruza davomida Turli turdagi chiqindixonalar, ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari poligonlari, chiqindi poligonlarini boshqarish, chiqindilar uchun poligonlarni loyihalash va qurishning zamonaviy usullari, poligonning alohida konstruktiv elementlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan birga Qozog‘iston Respublikasining chiqindilarini boshqarish shartlarini bo‘yicha  ma’lumotlar berildi. Ma'ruza talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Ma’ruza so'ngida munozaralar va savol-javoblar bolib otdi.

         Universitet matbuot xizmati