TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Axborot resurs markazida

Bugun "Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti  "Yer resurslari va kadastr" fakulteti  tyutori Turg‘unova Maftuna Zakirovna boshchiligida 1 kurs 101-guruh talabalari bilan birgalikda  Universitetda joylashgan Axborot  resurs markaziga tashrif buyurishdi. Barcha talabalarimiz o‘ziga manzur bo‘lgan kitoblarini olib mutolaa qilishdi va o‘qigan kitoblar haqida bir - birlari bilan davra suhbatini qurish haqida kelishib olishdi.

Universitet matbuot xizmati