TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

“Yerdan samarali foydalanish masalalarini yechishda yer hisobi ma’lumotlaridan foydalanish” mavzusida ma’ruza

2024 yil  10 may kuni “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Yerdan samarali foydalanish masalalarini yechishda yer hisobi ma’lumotlaridan foydalanish “ mavzusida navbatdagi ko’rgazmali ma’ruza  60813100 -Yer  kadastri va yerdan foydalanish bakalavriyat ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 304, 305 va 306-guruhlari talabalari uchun  o‘tkazildi.

Ma’ruzada “O‘zdaverloyiha” DILIning yetakchi  mutaxassisi Xulkar Tashbayeva tomonidan respublika yagona yer fondidaqn foydalanish samaradorligini oshirishda yer kadastri ma’lumotlaridan va ayniqsa yer hisobi ko’rsatkichlaridan yerdan foydalanuvchilarning ixtisosliklarini belgilashda, almashlab ekish tizimini tashkil etish va qishloq xo’jalik ekinlari tarkibini belgilashda foydalanishning ahamiyati  to’g’risida  talabalarning bilishi  uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

     “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti