TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

2024-yil 1-may kuni Minsk shahrida  "TIQXMMI" MTU rektori Bahodir Mirzayev Xitoyning Shanxay shahridagi Tongji University professori Kequan YU bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Xitoyning Shanxay shahridagi Tongji University hamkorligida Gidrotexnika inshootlarida filtratsiya va deformatsiyaga qarshi materiallarni tadqiq qilish, SCI talablari asosida hamkorlikda ilmiy jurnal ta’sis etish, o‘qituvchilar, magistrlar va doktorantlar uchun malaka oshirish va amaliyot o‘tash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun xodimlar harakatchanligi dasturini yaratish, Gidrotexnika inshootlari, Nasos va nasos stansiyalari, mexanika muhandisligi va boshqalar bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini tasdiqlashga tayyorlash; Ilmiy-tadqiqot va salohiyatni oshirish loyihalari hamda yozgi maktab dasturlari va boshqalar birgalikda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: Xitoyning Shanxay shahridagi Tongji University 2024-yil QS xalqaro global reytingda #216, Muhandislik sohasida  #16, Osiyo va Tinch okean mintaqasida #36 o‘rinda